“SIAL Paris 2026” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok eting
2026-06-04 18:40:00 / Yangiliklar

Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
meva-sabzavot;
oziq-ovqat;
qandolat mahsulotlari va shirinliklar;
ichimliklar;
go‘sht va sut mahsulotlari.
Tadbir doirasida:
mahsulotlarni namoyish etish;
xalqaro xaridorlar bilan aloqalar o‘rnatish;
eksport imkoniyatlarini kengaytirish;
B2B uchrashuvlar va degustatsiyalar orqali biznes aloqalarni rivojlantirish imkoniyati mavjud.
Xalqaro ko'rgazmada 7800 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi, 295 000 dan ortiq soha mutaxassislari tashrif buyurishi kutilmoqda. Umumiy xarid salohiyati 55 milliard yevro deb tahmin qilinmoqda.
Batafsi ma'lumot uchun: SIAL Paris the international food exhibition
Ishtirok etish istagida bo'lgan korxonalar 1-iyulga qadar quyidagi havola orqali o'tib, ariza qoldirishlari so'raladi:
https://agrokomakchi.uz/exhibitions-list?month=10
Murojaat, savol va takliflar uchun: +998712027776 (1518)
Mas’ul xodim: @Shakhzod_Kunduzov
Markaziy eksport shtabi eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor!
