Chelyanbinskdan qaytarilgan pomidorlar yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda
2026-05-21 11:35:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk oblastida O‘zbekistondan eksport qilingan pomidorlarda pomidor jigarrang bujmayish virusi (Tomato brown rugose fruit virus) aniqlanganligi tufayli mahsulot qaytarilganligi haqida post e’lon qilindi. Holat yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Chelyabinsk oblastiga yetkazilgan pomidor Andijon viloyatida yetishtirilgan. Ayni vaqtda mahsulot uchun rasmiylashtirib berilgan fitosanitar sertifikat orqali axborotlashtirilgan tizim orqali laboratoriya xulosalari o‘rganilmoqda va mahsulotni yetishtirgan tadbirkorlik subyektlari aniqlanmoqda.
O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
