Shuningdek, muzokaralarda
2026-04-13 15:05:00 / Yangiliklar

o‘simliklar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni sertifikatlash va xalqaro bozorlarga chiqarish
urug‘lar importi va fitosanitar talablarni muvofiqlashtirish
olma va danakli mevalar bo‘yicha fitosanitar xavf tahlilini amalga oshirish borasida fikr almashishdi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, Niderlandiya agrar mahsulotlar eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi yondashuv yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi, kuchli logistika va qayta eksport modeli bilan ajralib turadi. Shu bois kelgusidagi yaqin hamkorlik O‘zbekiston mahsulotlarining Yevropa bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
2025-yilda O‘zbekistondan Niderlandiyaga 2,6 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot eksport qilingan bo‘lsa, 2026-yilning aprel holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1,2 ming tonnaga yetgan.



