“Amir Temur oyligi” munosabati bilan futbol turniri tashkil etildi
2026-04-08 18:15:00 / Yangiliklar

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi oldidan “Biz kim, Mulki Turon!” shiori ostida Karantin agentligi markaziy apparati va tizim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan futbol musobaqasi yuqori kayfiyat va qizg‘in raqobat muhitida bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rinni — Agentlik markaziy apparati
2-o‘rinni — Sirdaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi
3-o‘rinni — Jizzax viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Mazkur sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishga xizmat qildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlariga sertifikatlar, maxsus sovg‘alar hamda musobaqa kubogi topshirildi.




