Namangan viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-03-12 18:15:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Namangan shahrida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorning birinchi o‘rinbosari Bobir Xamrayev ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi. Tadbirda viloyat hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda tadbirkorlarni qiziqtirayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Asosiy e’tibor kimyoviy vositalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni qonuniy asosda saqlash va sotish tartib-qoidalariga qaratildi.
Xususan, kimyoviy vositalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari, zarur hujjatlar, amaldagi qonunchilik talablari hamda sohada joriy etilayotgan zamonaviy tizimlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, “Agroko‘makchi” ilovasini tadbirkorga yaqin ko‘makchi sifatida zaruriy ma’lumotlarni tezkor olishlari mumkinligi va sohada uchrayotgan ayrim muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida tadbirkorlarning murojaatlari tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi va qonuniy yechimlar ishlab chiqilishi belgilandi.



