Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
2026-03-11 12:25:00 / Yangiliklar

Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksportchilari bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Asosiy mavzu eksport jarayonlarida joriy etilayotgan yangi tartib — “yashil, sariq va qizil yo‘lak” tizimi bo'ldi.
O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi mutaxassislari tomonidan eksport jarayonida qo‘llaniladigan yangi “Xavflarni boshqarish tizimi” (SUR) mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga:
eksportda narxlarni sun’iy pasaytirish holatlarining oldini olish;
fitosanitar talablarga qat’iy rioya qilish;
mahsulotlarni sifatli qadoqlash va hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish;
eksport qiluvchi korxonalarni xavf darajasiga qarab “yashil”, “sariq” va “qizil” yo‘laklarga ajratish tartibi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, yangi tizim orqali eksport jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini jahon bozorlariga xavfsiz yetkazib berish maqsad qilinayotgani ta’kidlandi.
Ochiq muloqot jarayonida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, yangi tartib bo‘yicha batafsil javoblar oldilar.



