Syngenta: xalqaro tajriba — milliy fitosanitar xavfsizlikka xizmat qiladi
2026-02-20 09:55:00 / Yangiliklar

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birichni o‘rinbosari Bobur Xamraеv Syngenta kompaniyasining mintaqaviy vakili bilan ishchi uchrashdi.
Muloqotda qishloq xo‘jaligi sohasida hamda fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda kadrlar salohiyatini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, kompaniya ekspertlari ishtirokida treninglar, o‘quv sеminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu esa soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini xalqaro talablar asosida mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shuningdеk, Agеntlik vakillarining Syngenta laboratoriyalariga tanishuv tashrifini amalga oshirish imkoniyati ham ko‘rib chiqildi. Tashrif doirasida zamonaviy tadqiqot usullari, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va mahsulot sifati nazoratining xalqaro standartlari bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.
Muzokaralar davomida innovatsion yechimlarni joriy etish, ilg‘or tajribani o‘rganish va samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Yakunda qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish va hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.




