Kinologiya: mart oyigacha yana 5 nafar kinolog va 5 ta “detektor xizmat it”i o‘rgatiladi
2026-02-06 16:05:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 13-oktabrdagi “O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4861-son qaroriga muvofiq yana bir guruh kinolog-inspektorlar o‘qitilmoqda.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi bilan ikki tomonlama imzolagan shartnomaga asosan Agentlikning 5 nafar kinolog xodim “o‘simlik va o‘simlik urug‘larini qidirish” yo‘nalishida bo‘yicha 3 oylik boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv kurslarida o‘qimoqda.
Kinologlarga Markazda tayyorlangan “labrador” zotiga mansub xizmat itlari biriktirilib, mazkur chora chegara hududlarida fitosanitar xizmatni ta’minlashga qaratilgan.
2021-yildan tizimga joriy etilgan “detektor xizmat it”lari faoliyati yordamida 2025-yilda 2 294 ta holatda 101 742 kg hamda 150 292 dona ekish materiallari, urug‘lik, ko‘chat, qalamcha va boshqa turdagi karantin ostidagi mahsulotlarni noqonuniy olib kirilishi oldi olindi.
Bugungi kunda Karantin agentligining kinologiya yo‘nalishida 32 nafar kinolog-inspektor faoliyat yuritadi.




