DIQQАT E’LON!
2025-12-21 15:50:00 / E'lon

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-sonli qaroriga asosan Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boshqarmalariga qarashli biolaboratoriyalarni DXSh shartlari asosida taʼmirlash va jihozlashga ajratilishini ma'lum qilamiz.
Qonunchilikda belgilangan normalarga muvofiq Agentlik balansida bo'lgan, biolaboratoriya sifatida foydalanib kelingan bino va inshootlar tadbirkorlik subyektlariga tanlov asosida (20 yilga) beriladi.
Tanlovga qo'yilgan bino va inshootlarning konsepsiya va biznes-rejasi bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli |
Loyiha konsepsiyasi |
Biznes reja jadvali |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot |
Biznes reja |
Tenderda qatnashish uchun so'rov va tender takliflari 2026-yil 3-fevral kunigacha O'simliklar karantini v ahimoyasi agentligining hududiy boshqarmalariga topshirilishi kerak.
“DXSh to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari olingan taqdirda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.


