Yo‘l harakati xavfsizligi haqida ma’lumot
Jizzax viloyati IIB JXX YHXB
2025 yilning oʼtgan davri mobaynida viloyat hududida sodir etilayotgan
yoʼl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan yoʼl harakati qoidalarini targʼib qilish borasida amalga oshirilgan tadbirlar davomida, viloyat hududidagi avtokorxona va tashkilotlarda 450 marotaba, mahallalarda 350 marotaba, taʼlim muassasalarida 580 marotaba suhbatlar oʼtkazildi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida, roʼznomalarda 60dan ortiq maqolalar, radioda 65 marotaba eshittiruv, viloyat va respublika televideniesida 425 marotaba chiqishlar qilingan. Shuningdek yoʼl-transport hodisalarining oldini olish, YHXX sohasida qonunchilikka doir yangiliklar, YPX inspektorlari faoliyati ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning toʼqqiz oyi davomida jami 600 marotaba chiqishlar qilindi.
Shuningdek, piyodalar bilan bogʼliq yoʼl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Diqqat piyoda” 32 marotaba reyd tadbirlari tashkil etilib, doimiy ravishda qoidabuzar piyodalar bilan profilaktik suhbatlar oʼtkazilib, belgilangan joylardan yoʼl harakati qoidalariga amal qilib harakatlanish borasida 260 marotaba targʼibot ishlari amalga oishirlgan va bu boradagi targʼibot ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek yoʼl transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Targʼibot avtokarvoni” tumanlarda boshqarma boshligʼining reja topshirigʼiga asosan oʼtkazib kelinmoqda.
- Joriy yilning 9 oyi davomida yoʼllar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1282 ta yangi yoʼl belgilari, 1936 ta yoʼl belgilar almashtirilgan, 400450 m2 yoʼl yotiq chiziqlari chizilgan, 20 ta svetofor obʼektlari oʼrnatilgan shundan: 10 tasi transport svetofori, 10 tasi piyoda svetofori, 51 ta svetofor obʼektlari i shlash tartibi oʼzgartirilgan, 60 ta piyodalar oʼtish yoʼlagi yangi chizilgan, 993 ta piyodalar oʼtish yoʼlagi qayta tiklangan, 1606700 m2 yoʼl qatnov qismi tamirlangan 66 ta qavariq piyodalar oʼtish joyi oʼrnatilgan– 84 km piyodalar yoʼlagi hamda 65 km veloyoʼlak qurilgan.
Shuningdek, YHXB Texnika nazorati boʼlimi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilishi lozim boʼlgan tashkiliy va amaliy tadbirlar qoʼshma rejasi talablari asosida yoʼlovchi tashuvchi transport vositalari harakatini tartibga solish, noqonuniy aholiga pullik transport xizmati koʼrsatayotgan haydovchilarga choralar koʼrish boʼyicha qoʼshma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ushbu reja asosida 4 ta nazorat guruhi tashkil etilgan. (Viloyat Transport boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda)
Ushbu guruhlar ishtirokida 2025 yilning 9 oyi davomida
735 marotaba reyd tadbirlari oʼtkazilib, yoʼl harakati va yoʼlovchi tashishda belgilangan talablarni bajarmagan 7827 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
Ushbu 7827 ta qoidabuzar fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, 3508 ta transport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirilgan va ularning barchasiga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari talablariga asosan, maʼmuriy choralar qoʼllanilgan. Jizzax viloyati IIB JXX YHXB Texnika nazorati boʼlimi xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi VMning 2015 yil
11 noyabrь kunidagi “Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilgʼi aralashmasida ishlovchi avtotransport vositalari xavfsizligining umumiy texnik tartibini tasdiqlash toʼgʼrisida” gi 326-sonli Qaror talablariga asosan, viloyat hududida noqonuniy gaz moslamasi oʼrnatilgan 111 ta transport vositalariga, gaz ballonlari sinovdan oʼtkazilmagan 25 ta transport vositalariga tegishli chora koʼrish uchun tegishli tashkilotlarga 7 ta taqdimnomalar va 2 ta axborotnmalar kiritilgan.
«Gʼalla-2025» mavsumiga jami 372 dona gʼalla oʼrish kombaynlari, 1744 ta yuk avtomobillar va 97 ta yoniligʼi moylash moslamalarini tashuvchi avtomashinalarni texnik soz va nosozligi boʼyicha texnik holati tekshirib chiqilgan.
«Paxta-2025» mavsumiga jami 881 dona traktor, 1980 ta tikamalar va 240 dona naxta terish mashinalari texnik soz va nosozligi boʼyicha texnik holati tekshirib chiqilgan hamda. Har bir yuqori unumli kombaynlarining tayyorgarligi yuzasidan doimiy nazorat ishlarini olib borish, amaliy yordam koʼrsatish boʼyicha viloyat IIB YHXBda ishchi guruhi tashkil etilib, har bir tumanga IIB YHXB apparatidan masʼul xodimlar biriktirilib, ularga kombaynlarni taʼmirlash uchun keltirilgan ehtiyot qismlarni joy-joyiga oʼrnatish ustidan nazorat qilib borilgan.
Mavsum davomida yuqori unumli kombaynlarini bir xududdan boshqa xududga oʼtkazish vaqtida harakat xavfsizligini taʼminlangan xolda patrul avtomobillari yordamida kuzatuvlar tashkil etilmoqda.
Boshoqli don ekinlari hosilini qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan oʼrib yakunlash maqsadida 149 ta otryad tashkil etildi. Ushbu otryadlarning toʼxtovsiz, benuqson ishlashi uchun ehtiyot qismlar, yoqilgʼi moylash mahsulotlari zaxirasi yaratilgan.
2025 yil hosil yigʼimi tadbiriga shaxsiy yuk tashuvchi avtomobillarni jalb etish choralari koʼrilib, jami
2025 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari hosilini oʼrib-yigʼib olishga jalb etiladigan qishloq xoʼjaligi texnika va mexanizmlarining toʼliq taʼmirlanishini nazorat qilish, yoʼl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida gʼalla mavsumi mobaynida ularning texnik holati kunlik koʼrikdan, haydovchi va mexanizatorlar esa tibbiy koʼrikdan oʼtkazib borilishi, haydovchilar bilan yoʼl harakati xavfsizligi boʼyicha yoʼriqnomalar oʼtkazib borilishi yuzasidan don korxonalari qoshida tumanlarda 7 ta «Transport» korxonalari tashkil etilgan boʼlib, ushbu korxona va masʼul YHXB xodimlari oʼrtasida hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining koʼrsatmasiga asosan Jizzax viloyatida 16592 ta 40 yildan oshgan foydalanishga yaroqsiz va ishlab chiqarilganiga uzoq yillar boʼlgan, maʼnan eskirganligi sababli muomaladan chiqarilishi lozim boʼlgan avtotransport vositalarining aksariyati qoʼldan-qoʼlga utib, texnik taʼmirlash va servis xizmat koʼrsatish ustaxonalarida ehtiyot qismlarga ajratilib, yaroqsiz qismlari metall qabul qilish punktlariga topshirilmoqda. Hozirgi kunda viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan 16592 ta transport vositalarini roʼyxati shahar, tumanlar va mahallalar kesmida shakillantirilib uyma-uy yurib 2383 ta tarnsport vositasi xatlovdan oʼtkazildi, shundan 917 tasi foydalanisha yaroqli, 425 tasi nosoz, 250 tasi boshqa hududlarga sotilib ketganligi aniqlandi va 791 ta viloyat IIB JXX YHXB ROʼvaIOBdan xisobdan chiqarildi.
Bugun mamlakatimiz rahbari tomonidan Ichki Ishlar Organlari sohaviy xizmatlariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor natijasida xodimlarning xizmat faoliyati yaxshilanib, moddiy texnika baʼzasi yangilanib, xizmat uchun zarur shart-sharoit va keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugun Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlariga qaratilayotgan eʼtibor natijasi va xizmat davomida naʼmunali yutuqlarga erishayotgan xodimlarimiz ham koʼpchilikni tashkil etadi. Shu oʼrinda aytish joizki, birgina YHX Boshqarmasi xodimlari xizmat faoliyatini samarali tashkil etish uchun Boshqarma apparati uchun 5 qavatli zamonaviy bino, Maʼmuriy amaliyot markazi, Roʼyhatdan oʼtkazish va imtihon olish boʼlimi binolarini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Xususan joriy yilning oʼzida YPX xodimlari uchun 5 ta BYD Chazo champion maxsus xizmat avtomashinalari topshirildi. Qolaversa IIVning tegishli buyrugʼiga asosan 17 nafar YHXB xodimlari uy-joy bilan taʼminlangan boʼlsa, 10 nafar xodimlarga uy-joy hamda avtomashina olish uchun boshlangʼich toʼlovlari toʼlab berilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy dunyosini boyitish hamda boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlik boʼyicha bilimlarini kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlarining Jizzax DPUdagi “Qatagʼon qurbonlari xotirasi” muzeyga sayohati uyushtirildi.
Shuningdek, Jizzax vohasi tarixidan oʼrin olgan mazkur ziyoratgoh shifobaxsh va muqaddas buloqlari, bir-biridan goʼzal va maftunkor goʼshalari, oʼziga xos tabiati bilan har qanday kishi dilini masrur etadi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yoʼl harakati xafsizligi boshqarmasi xodimlari Saʼd ibn Аbu Vaqqos ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ziyoratgoh hududi bilan tanishar ekan Oʼzbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan hovuzdagi “muqaddas baliqlar” shuningdek bu yerdagi muqaddas buloq Saʼd ibn Аbu Vaqqos bulogʼi tarixi bilan yaqindan tanishdi.
Darhaqiqat, tarixiy qadriyatlarga hurmat, eʼtibor kelajakka boʼlgan eʼtibordir. Ijtimoiy himoya oyligi doirasidagi bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari oʼrda ekologik bogʼiga ham tashrif buyurishdi.
Mazkur bogʼ tarixi va buguni bilan yaqindan tanishgan xodimlarning yana bir bor maʼnaviy boyligi mustahkamlandi. Bogʼ qaridan joy olgan manabu tepalikdagi tasvirlarda dehqonlar qoʼzgʼoloni tasvirlangan. Аyrim manbalarda bu Jizzax qoʼzgʼoloni tasvirlari ekanligi keltirilgan. Xodimlar shu kuni Jizzax qoʼzgʼoloni va uning tarixini yana bir yodga oldilar. Tarixsiz kelajak yoʼq ha, Jizzax qoʼzgʼoloni, shahidlar xotirasini abadiylashtirish monumenti bular tarixdan soʼzlovchi yodgorlikdir.
Oʼrda ekologik bogʼidagi “Bobo Yakka” ziyoratgohida ham boʼlgan Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bu yerni ham ziyorat qilishdi. Oʼtganlar ruhiga xurmat keltirilib, duo qilindi.
Jizzax viloyati IIB JXX YHXBda YPXBatalьyoni inspektorlari ishtirokida “Fuqarolar bilan ishlash moduli" asosida xodimlarda muloqot psixologiyasi mavzusida seminar-treninglar doimiy ravishda tashkil etilib kelinmoqda deydi: Jizzax viloyati IIB JXX YHXB katta inspektori Аbbos Dadashov.
Mazkur seminarda yoʼl-patrulь xizmati inspektorlari fuqarolar bilan muomala madaniyati hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlash boʼyicha zarur amaliy koʼnikmalarni shakllantirish lozimligi taʼkidlandi. Xodimlarning fuqarolar bilan yuzaga kelishi mumkin boʼlgan nostandart vaziyatlarda tezkor va adolatli qaror qabul qilishiga doir intellektual va kasbiy professionalligini mustahkamlash boʼyicha tushunchalar berilib, doimiy tarzda bunday seminar mashgʼulotlari oʼtkaziladi.
