Asosiy kontentga o'tish

Hokimiyat haqida

izzax viloyati 1973-yil 29-dekabrda tashkil etilgan. Viloyat shimoli-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh.
Maʼmuriy markazi – Jizzax shahri. Viloyat maydoni 21,2 ming km2 boʻlib, respublika umumiy maydonining 4,7 foizini tashkil etadi. Jizzax viloyatida 12 ta tuman
(Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Sh.Rashidov, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol), 7 ta shahar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik,
Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol), 8 shahar cha (Boʻston, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Oʻsmat, Uchquloch, Yangiqishloq, Qoʻytosh) mavjud. Aholisi 2024-yil fevral oyi holatiga koʻra 1 507 004 kishini tashkil etadi.
Hudud rang-barang tabiiy manzaralari, noyob va ekzotik relyefi, oʻziga xos moʻtadil iqlimiga ega. Zomin, Bax mal, Forish va Yangiobod togʻlari va togʻ yonbagʻirlarida archazorlar, bodomzorlar, yongʻoqzorlar, kamyob shifobaxsh oʻsimliklar mavjud.
Viloyatning Arnasoy, Doʻstlik, Mirzachoʻl, Zarbdor, Zafarobod va Sharof Rashidov tumanlari viloyat qishloq xoʻjaligi yukini yelkasiga olgan. Bu tumanlarda dehqon va
fermerlar gʻalla, paxta, pilla va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishmoqdalar.
Viloyatning umumiy ekin ekiladigan maydonlarining 261,2 ming gektari sugʻoriladigan, 993,4 ming gektari lalmi yerlardir. Ushbu yer maydonlari, asosan, Sirdaryo daryosidan 127 km uzunlikdagi Janubiy Mirzachoʻl kanali orqali suv oladi. Shuningdek, uzunligi 123 km boʻlgan Sangzor daryosi va 94 km uzunlikdagi Tuyatortar kanali orqali Zarafshon daryosidan suv oladi.
Viloyatda oltin, mis, volfram, vollastonit, qoʻrgʻoshin, rux, ohaktosh, marmar, silikat va boshqa qurilish materi allar zaxirasi mavjud. Viloyatda tabiiy resurslarga boy 40 ta kon mavjud. Jumladan, 1 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta rangli metall konlari bor. Hozirgi kunda bu konlardan respublika va viloyat iqtisodiyoti uchun foydali boʻlgan materiallar qazib olinmoqda. Mineral xom ashyo resurslarining asosiy zaxirasi Baxmal, Gʻallaorol, Sh.Rashidov, Forish, Zafarobod tumanlari hududiga toʻgʻri keladi. Baxmal tumanida qoplanuvchi tosh, marmar, ohaktosh, Gʻallaorol tumanida sement xom ashyosi, vollastonit, marmar, Sh.Rashidov tumanida marmar, silikat mahsulotlari xom ashyosi, abraziv, korund, Forish tumanida sement xomashyosi, qumshagʻal zaxirasi mavjud.
Jizzax viloyati tarixining juda boyligi va oʻziga xos ligi, shu bilan birga, zamonaviy taraqqiyot imkoniyatlari kengligidan kelib chiqib, xalqaro tashkilotlar va xorijlik sayyohlarni ohanrabodek oʻziga tortib kelmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning oʻtgan bir yarim yil ichida Jizzax viloyatiga qilgan uch marta tashriflari natijasida viloyat aholisining koʻp yillardan beri orzusiga aylanib kelayotgan qurilish ishlari, arzon uy-joylar, koʻpriklar qurili shi, yoʻllarni kengaytirish ishlari jadallashib, Jizzax shahri oʻzgacha qiyofa kasb etdi. Viloyatning hududi tabiiy-geografik jihatdan, togʻ, togʻoldi, adirlik va dashtlik yerlardan iborat. Viloyat shimol va shimoli-sharqdan Mirzachoʻl, gʻarb va shimoli-gʻarbdan Nurota tizmalari, janubdan Turkiston, Morguzar togʻlari, sharqdan Jizzax choʻllari bilan chegaralanadi.
Vohaning qulay joylashuvi, tabiiy iqlim sharoiti, Sangzor va Zominsuv daryolari vodiysida, Morguzar, Turkiston, Nurota tizmalaridan bosh oluvchi oʻnlab soy, chashma,buloqlar havzasida dehqonchilik uchun obikor va lalmikor yerlarning moʻlligi, chorvabop togʻoldi va dasht yaylovlari ning bepoyonligi sababli, bu oʻlka Markaziy Osiyo aholisining ilk shakllangan markazlaridan biri hisoblanadi.

316

Oxirgi yangilanish: 2024-08-16 11:00:49