Sharof Rashidov tumanida yirik sanoat loyihalari amalga oshiriladi
2025-04-04 09:05:00 / Yangiliklar

Sharof Rashidov tumanining “Toqchilik” mahallasi hududida, ilgari “Jizzax suv ta’minoti” tizimiga qarashli bo‘lgan oqova suv tozalash inshooti bazasida 60 million dollarlik sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu loyiha tuman iqtisodiyotiga yangi sur’at baxsh etadi va hududda sanoatlashuv jarayonlarini keskin tezlashtiradi.
Elektrotexnika sohasida
“O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda 6 ta zamonaviy sanoat loyihasi hayotga tatbiq etiladi. Ushbu loyihalar nafaqat ichki bozorda, balki eksport yo‘nalishlarida ham katta salohiyatga ega bo‘ladi.
Charm sanoati yo‘nalishida
“Xalq banki” va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda 11 ta loyiha ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihalar orqali mahalliy xomashyo qayta ishlanib, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Rivojlanish, ish o‘rinlari va eksport – barchasi reja markazida
Jizzax viloyati Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi rahbari tomonidan loyihalash ishlari joyiga borib ko‘zdan kechirildi. Tashrif chog‘ida hududiy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, hamda tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.


