JIZZAXDA KIBERJINOYATLARGA QARŞI KURAŞIŞ BÖYIÇA KAMÇILIKLAR TANQID QILINIB, MAS’ULLARGA QAT’IY TOPŞIRIQLAR BERILDI
2026-11-13 15:00:00 / Yangiliklar

Ta’kidlanganidek, viloyat hokimining 2026-yil 31-yanvardagi qarori bilan 112 ta idora va taşkilot rahbarlari xodimlarning kibersavodxonligini oşiriş hamda ularni internet firibgarliklaridan himoya qiliş böyiça mas’ul etib belgilangan. Biroq ayrim rahbarlar tomonidan qaror ijrosiga yetarliça e’tibor qaratilmayotgani, tarğibot işlari tizimli taşkil etilmagani tanqid qilindi.
Buning oqibati raqamlarda ham aks etmoqda. Joriy yilning 10 oyida viloyatda kiberjinoyatlar bilan boğliq 2 411 ta murojaat kelib tuşgan. Fuqarolarga jami 11 milliard 384 million söm moddiy zarar yetkazilgan.Murojaatlarning asosiy qismi Jizzax şahri (606 ta), Şarof Raşidov (482 ta), Zomin (230 ta), Baxmal (187 ta) va Ğallaorol (183 ta) tumanlari hissasiga töğri keladi.
Muhokamada tibbiyot sohasida profilaktik işlar sust taşkil etilgani, maktab va maktabgaça ta’lim tizimida öquvçilarning kibersavodxonligini oşiriş böyiça berilgan topşiriqlar yetarli darajada bajarilmayotgani ham tanqid qilindi. Şuningdek, mahalla ön yettiligi tomonidan aholi örtasida tuşuntiriş işlari kuçaytirilişi zarurligi ta’kidlandi.
Kiberjinoyatlardan jabrlanayotganlar orasida xotin-qizlar, ayniqsa, uy bekalari salmoği yuqori. Joriy yilning 10 oyida 924 nafar ayol jabr körgan bölib, ularning 427 nafari uy bekalaridir. Bu borada xotin-qizlar tizimi mas’ullariga profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş vazifasi yuklatildi.
Şuningdek, davlat taşkilotlari va bank tizimi xodimlari iştirokida sodir etilgan jinoyatlar ham muhokama qilindi.
Jumladan, Şarof Raşidov tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi nafaqaxör fuqaroning 1 million 950 ming söm mablağini özlaştirgan.
Jizzax şahrida bank xodimi fuqaroning xabardorligisiz uning nomiga 17 million söm kredit rasmiylaştirib, öz ehtiyojlariga sarflagan. Har ikki holat yuzasidan tegişli tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yiğilişda kiberjinoyatlarning oldini oliş uçun işlab çiqilgan «APK Qöriqçi», «Jizzaxkibermaslahatbot», «Xumogram», «JAK» va «Jizzaxkibertest» kabi dasturiy ilovalar imkoniyatlarini aholi örtasida keng tarğib qiliş zarurligi qayd etildi.
Muhokama yakunida 112 ta idora va taşkilot rahbarlari hamda mas’ul xodimlarni beş kun muddatda kiberxavfsizlik böyiça öqitiş, quyi tizimlarda «Kiberxavfsizlik soati» tadbirlarini taşkil etiş topşirildi. Öquvlardan söng xodimlar maxsus test sinovlaridan ötkaziladi.
Barça taşkilot rahbarlari öz xodimlari, mahalla ön yettiligi esa aholi örtasida kibersavodxonlikni oşiriş uçun şaxsan mas’ul etib belgilandi. Amalga oşirilgan işlar yuzasidan har ön kunda viloyat hokimiga axborot kiritib boriş vazifasi qöyildi.





