Jizzaxda biznesni röyxatga oliş jarayonidagi kamçiliklar tanqidiy muhokama qilindi
2026-11-13 14:30:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning PF–190-sonli Farmoniga muvofiq, 15 oktyabrdan 30-noyabrga qadar mamlakatimizda ilk bor «Biznesni röyxatga oliş» tadbiri ötkazilmoqda. Mazkur tadbir orqali barça iqtisodiy birliklarni xatlovdan ötkaziş, tadbirkorlik subyektlarining soni, tarkibi, faoliyat yönalişlari va holati böyiça aniq ma’lumotlar bazasini şakllantiriş közda tutilgan.
Jarayonni samarali taşkil etiş maqsadida röyxatga oliş imkoniyatlari kengaytirilib, dastlab faqat hokim yordamçilariga berilgan vakolat «mahalla yettiligi»ning barça vakillariga ham taqdim etildi. Şunga qaramay, hududlarda işlarning borişi talab darajasida emas.
Viloyatda röyxatga olinişi lozim bölgan 292,3 mingta subyektning 178 mingtasi qamrab olingan. Ayniqsa, Döstlik, Şarof Raşidov, Zarbdor, Zafarobod, Mirzaçöl tumanlari va Jizzax şahrida körsatkiçlar pastligiça qolmoqda.
Eng taşvişli jihati, röyxatga olingan ma’lumotlarning 47 mingtasi yoki 26,4 foizi xatolik bilan kiritilgan. Ayrim hollarda tadbirkorlik subyektining özi suratga olinmasdan, faqat mahalla binosining geolokatsiyasi belgilangan.
Yuridik şaxslarni, xususan, fermer xöjaliklarini hisobot.stat.uz tizimi orqali röyxatdan ötkazişda ham sustkaşlikka yöl qöyilgan. Rejadagi 38,1 mingta subyektdan atigi 5,1 mingtasi röyxatdan ötkazilgan, xolos. Özini özi band qilgan şaxslarni qamrab oliş darajasi ham 30,2 foiz bilan çeklangan. Bu holat ayrim hududlarda mas’ullar tomonidan iş yetarliça taşkil etilmaganini körsatmoqda.
Muhokama davomida tuman va şahar hokimlarining hisobotlari tinglanib, mavjud kamçiliklar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirildi. Viloyat rahbari röyxatga oliş jarayonida faqat son körsatkiçlarini oşiriş emas, balki ma’lumotlarning töğriligi va işonçliligini ta’minlaş muhimligini alohida ta’kidladi.
Mas’ullarga kiritilgan xatolarni uç kun muddatda bartaraf etiş, hokimlar har kuni bir soat vaqt ajratgan holda röyxatga oliş işlarini 25-noyabrga qadar yakunlaş vazifasi topşirildi. Şuningdek, Soliq boşqarmasi bilan hamkorlikda beş kun içida buxgalteriya markazlari orqali 33 mingta yuridik şaxsning ma’lumotlarini tizimga kiritiş belgilandi.
Mahalla boşqarmasi rahbariga esa mahalla raislari bilan alohida muhokama ötkazib, tadbirning sifatli va belgilangan talablar asosida taşkil etilişini ta’minlaş topşirildi.
Ta’kidlanganidek, uşbu tadbirning natijadorligi şunçaki hisobotlardagi raqamlar bilan emas, balki iqtisodiy birliklar haqidagi aniq, töliq va işonçli ma’lumotlar şakllantirilişi bilan baholanadi.






