ZAFAROBODDA YOŞLARNING XORIJDA QONUNIY IŞLAŞ IMKONIYATLARI MUHOKAMA QILINDI
2026-11-13 08:20:00 / Yangiliklar

Unda Respublika Migratsiya agentligi mas’ullari, tuman hokimligi, tegişli taşkilot va korxonalar rahbarlari hamda xorijda işlaş istagida bölgan yoşlar iştirok etdi.
Muloqot davomida Germaniya va Yaponiya kabi davlatlarda işga joylaşiş tartiblari, nomzodlarga qöyiladigan talablar, zarur kasbiy malaka va xorijiy tillarni özlaştiriş imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, yoşlarni maxsus öquv kurslarida bepul tayyorlaş, kasb-hunar va xorijiy tillarga öqitiş, hujjatlarni rasmiylaştiriş, mehnat şartnomalari hamda xorijda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş masalalari tuşuntirildi.
Uçraşuvda yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Bildirilgan takliflar asosida ularni kasbga yönaltiriş va qonuniy mehnat migratsiyasiga jalb etiş böyiça fikr almaşildi.
Mazkur muloqot yoşlar bandligini ta’minlaş, ularning xorijda xavfsiz va qonuniy mehnat qilişi uçun zarur bilim va könikmalarini şakllantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
