ZOMINDA YOŞ TADBIRKORLAR BILAN OÇIQ MULOQOT ÖTKAZILDI
2026-11-13 08:10:00 / Yangiliklar

Uçraşuv davomida yoş tadbirkorlarning bugungi faoliyati, erişayotgan natijalari, duç kelayotgan muammolari hamda istiqboldagi rejalari atrofliça muhokama qilindi.
Muloqotda yoşlarning tadbirkorlik taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, yangi loyihalarni amalga oşiriş, imtiyozli kreditlardan samarali foydalaniş, mavjud biznes faoliyati kölamini kengaytiriş va qöşimça iş örinlarini yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, yoş tadbirkorlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yeçimi böyiça takliflarini bildirdilar.
Uçraşuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflarning har biri körib çiqilib, ularni hal etiş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi. Topşiriqlar ijrosini nazoratga oliş belgilandi.
Ta’kidlaş joizki, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş, ularning istiqbolli taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va biznes yuritiş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş hudud iqtisodiy salohiyatini oşiriş, yangi iş örinlarini taşkil etiş hamda aholi bandligini ta’minlaşda muhim omil hisoblanadi.
