JIZZAX VILOYATI VA XITOY KOMPANIYALARI HAMKORLIGI YANGI INVESTITSIYAVIY LOYIHALARDA AMALIY BOSQIÇGA ÖTMOQDA
2026-11-11 14:00:00 / Yangiliklar

Şu maqsadda Jizzax viloyati hokimligiga Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiyalar markazi hamda «JDB Group» kompaniyasi bilan avval erişilgan kelişuvlar doirasida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça bir qator yirik kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya taşrif buyurdi.
Jumladan, delegatsiya tarkibidan «Yunnan Mouding Minzhixin Agricultural Teçnology Co., Ltd.», «Hong Kong Antong Investment Co., Ltd.» hamda «Guangzhou Dezhikang Pharmaceutical Teçnology Co., Ltd.» kompaniyalari vakillari örin oldi.
Mehmonlar bilan viloyat hokimligida uçraşuv ötkazilib, ular bilan ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yönalişlari, mavjud imkoniyatlar va yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari yuzasidan atrofliça muloqot ötkazildi.
Uçraşuv avvalida Xitoy delegatsiyasining Jizzax viloyatiga navbatdagi taşrifi, şuningdek, özlari bilan birga qator yetakçi kompaniyalar vakillarini olib kelgani alohida e’tirof etildi. Bu ikki tomon örtasida avval erişilgan kelişuvlarga bölgan işonç va özaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga intilişning amaliy ifodasi ekani ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, avvalgi uçraşuvlar davomida Jizzax viloyatida bir qator yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça muhim kelişuvlarga erişilgan edi. Xususan, zamonaviy mehmonxona majmuasini barpo etiş, noan’anaviy Xitoy tibbiyoti asosida faoliyat yurituvçi davolaş markazi hamda toğli hududda sanatoriy majmuasini taşkil qiliş, kasbga öqitiş va qayta tayyorlaşga ixtisoslaşgan Xitoy öquv markazini oçiş, şuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini saralaş, qayta işlaş, saqlaş va qadoqlaşga möljallangan zamonaviy logistika markazini barpo etiş şular jumlasidandir.
Mazkur loyihalarning amalga oşirilişi viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş, investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş, xizmatlar körsatiş sohasini kengaytiriş, tibbiyot va turizm infratuzilmasini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bilan birga, qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş va eksport salohiyatini oşiriş uçun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.
Uçraşuvda erişilgan kelişuvlarni qoğozda qoldirib ketmasdan, ularni aniq amaliy natijalar bilan mustahkamlaş zarurligi alohida ta’kidlandi. Şu maqsadda har bir loyiha böyiça investitsiya hajmi, amalga oşiriş muddatlari, joylaşuv manzillari va taşkiliy masalalarni aniq belgilaş, şuningdek, mazkur yönalişda ikki tomonlama yöl xaritasini işlab çiqişga kelişib olindi.
Şuningdek, loyihalarni jadallaştiriş maqsadida qöşma işçi guruh faoliyatini yanada faollaştiriş, investorlar uçun zarur taşkiliy va infratuzilmaviy şaroitlarni yaratiş borasida viloyat hokimligi tomonidan har tomonlama amaliy kömak körsatilişi bildirildi.
Öz navbatida, delegatsiya tarkibidagi kompaniyalar faoliyatining muhokama qilingan investitsiya yönalişlariga mos kelişi kelgusidagi hamkorlik uçun muhim imkoniyat ekani qayd etildi.
Muloqot yakunida Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiyalar markazi raisi Long Yuysyan boşçiligidagi delegatsiya bilan yölga qöyilgan aloqalar ikki tomon uçun ham manfaatli natijalar berişiga işonç bildirildi.
Ta’kidlaş joizki, bunday hamkorlik Jizzax viloyatining investitsiyaviy salohiyatini yanada oşiriş, zamonaviy texnologiya va tajribalarni jalb etiş, işlab çiqariş hamda xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş, eng muhimi, aholi farovonligi va bandligini ta’minlaşga xizmat qiladi.






