Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi sessiyasida Jizzax viloyati hokimi U.Mustafoyevning 2025 yilning yakuni yuzasidan hisoboti
2026-02-02 14:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati tubdan o’zgarmoqda, har bir rahbar va xodimning mas’uliyati sezilarli darajada ortmoqda, barcha sohalarda tizimli ishlar yo’lga qo’yilmoqda.

Jizzax viloyatiga 2025 yilda belgilangan asosiy ustuvor vazifalar ijrosi, xususan, yangi quvvatlar tashkil qilish hamda aholi tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikdan chiqarish, mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb qilish, eksport, aholi kayfiyatiga ta’sir qiluvchi muammolarni bartaraf qilish orqali hududda ijobiy muhitni ta’minlash, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yanada rivojlantirish va shu kabi barcha sohalarda yillik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
HISOBOT BO'YICHA QARORNI BU YERDAN YUKLAB OLING
