JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI VA XITOY OLIY TA’LIM MUASSASALARI HAMKORLIGI YANGI BOSQIÇGA KÖTARILMOQDA
2026-11-09 09:20:00 / Yangiliklar

Jizzax politexnika instituti rektori Alişer Usmanqulov boşçiligidagi delegatsiyaning Xitoyga amaliy taşrifi ham uşbu hamkorlikni yanada kengaytiriş, oliy ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlaş, ilmiy-innovatsion loyihalarni rivojlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Taşrif doirasida Xitoyning qator oliy ta’lim muassasalari va yirik sanoat korxonalari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilib, qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş, sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytiriş, zamonaviy laboratoriyalar taşkil etiş hamda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Institut va Suçjou texnologiyalar universiteti örtasida yölga qöyilgan «2+2» qöşma ta’lim dasturining ilk talabalari Xitoyda tahsil olişni boşladi. Talabalarni tantanali kutib oliş marosimida har ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati iştirok etib, mazkur dasturning istiqbollari, talabalar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusidagi hamkorlik yönalişlariga alohida e’tibor qaratdi.
Şuningdek, xitoylik hamkorlar va investorlar bilan ötkazilgan uçraşuvlarda institutda taşkil etilayotgan sun’iy intellekt laboratoriyasini rivojlantiriş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş va xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Uçraşuvlar davomida «Özbekiston–Xitoy sun’iy intellekt innovatsiya markazi» loyihasi ham taqdim etildi. Unda ta’lim, ilm-fan va sanoat yönalişlarida qöşma innovatsion loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur taşabbus institutning «Raqamli universitet» strategiyasini amalga oşiriş, ilmiy salohiyatni oşiriş va xalqaro hamkorlik kölamini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Delegatsiya a’zolari Xefey texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan ham uçraşuv ötkazdi. Muloqotda talabalar, magistrantlar va doktorantlar almaşinuvini yölga qöyiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, öquv adabiyotlari yaratiş hamda ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Şu bilan birga, elektromobillar va avtonom boşqariladigan transport vositalari yönalişida qöşma laboratoriya taşkil etiş istiqbollari ham körib çiqildi. Tomonlar mazkur yönalişdagi hamkorlik memorandumini 2026-yil 6–8-noyabr kunlari Xefey texnologiyalar universitetida ötkaziladigan xalqaro konferensiya doirasida imzolaşga kelişib oldilar.
Taşrifning navbatdagi manzili JAC Motors kompaniyasi böldi. Delegatsiya vakillari korxonada zamonaviy avtomobilsozlik, işlab çiqariş jarayonlari va ilğor texnologik yeçimlar bilan yaqindan tanişdi. Uçraşuvda muhandislik maktabi uçun zamonaviy laboratoriyalar taşkil etiş, amaliy ta’limni rivojlantiriş, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş, şuningdek, istiqbolli qöşma loyihalar va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Umuman, Jizzax politexnika instituti delegatsiyasining Xitoyga taşrifi oliy ta’lim, ilm-fan va sanoat sohalaridagi xalqaro hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitiş, talabalar uçun zamonaviy bilim va tajriba oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, hududda yuqori malakali muhandis va texnolog mutaxassislar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş yölidagi muhim qadam böldi.
