JIZZAX VILOYATIDA SUV TA’MINOTI VA OQOVA SUV TIZIMINI RIVOJLANTIRIŞ LOYIHALARI ÖRGANILDI
2026-11-04 09:35:00 / Yangiliklar

Delegatsiya a’zolarini Jizzax viloyati hokimi örinbosari Şuhrat Jörayev hamda «Jizzax suv ta’minoti» AJ direktori Javohir Qoplonov kutib oldi.
Taşrifdan asosiy maqsad — viloyatda içimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini yanada rivojlantiriş, mavjud infratuzilma obyektlarining holatini örganiş hamda xususiy investor — «Miahona» kompaniyasi tomonidan ilgari surilgan loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qilişdan iborat.
Xususan, işçi guruh Jizzax şahriga xizmat körsatuvçi «Uçtepa» oqova suv tozalaş inşootining joriy faoliyati bilan tanişdi. Mazkur inşootning mavjud quvvatini bir sutkadagi 30 ming kub metrdan 80 ming kub metrgaça oşiriş, ya’ni qöşimça 50 ming kub metr quvvat yaratiş böyiça takliflar körib çiqildi.
Şuningdek, delegatsiya Zomin tumanidagi bir sutkada 50 ming kub metr quvvatga ega içimlik suvini tozalaş inşootining faoliyatini örganib, uni xususiy investor boşqaruviga beriş taklifining istiqbollari bilan tanişdi.
Taşrif doirasida Jizzax viloyati hokimligida tegişli vazirlik va idoralar hamda soha mutaxassislari iştirokida uçraşuv ham taşkil etildi. Unda viloyatning istiqboldagi rivojlaniş rejalari, aholi sonining ösişi, yangi turar joy massivlari va xizmat körsatiş obyektlarining barpo etilişi munosabati bilan suv ta’minoti hamda oqova suv xizmatlariga bölgan kelgusi ehtiyojlar muhokama qilindi.
Şuningdek, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari, moliyaviy takliflar, investitsiya mablağlaridan foydalaniş mexanizmlari hamda amalga oşirilişi lozim bölgan keyingi çora-tadbirlar yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur taşrif Jizzax viloyatida suv ta’minoti va oqova suv infratuzilmasini rivojlantiriş, mavjud quvvatlarni kengaytiriş hamda istiqboldagi ehtiyojlarni inobatga olgan holda yangi loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini kompleks örganişga qaratildi.
