ZOMINDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ TIBBIYOT XODIMLARI QÖLLAB-QUVVATLANDI
2026-11-03 08:35:00 / Yangiliklar

Xususan, boquvçisini yöqotgan yolğiz onalar hamda oila a’zolari orasida onkologik kasallikka çalingan yaqinlarini parvarişlayotgan tibbiyot xodimlariga 18 ta muzlatkiç va boşqa sovğalar topşirildi.
Bunday amaliy yordam tibbiyot xodimlarining mehnatini qadrlaş, ularning ijtimoiy muammolarini yengillaştiriş va kasbiy faoliyatini rağbatlantirişga qaratilgan.
Şu bilan birga, Zominda soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş hamda xodimlarni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlaş borasidagi işlar izçil davom etmoqda.
Zero, zamonaviy tibbiyot nafaqat ilğor texnologiyalar, balki inson qadri, mehr-e’tibor va har bir inson salomatligi uçun mas’uliyat bilan ham belgilanadi.
