ZOMINDA YANGI QANDOLATÇILIK KORXONASI IŞ BOŞLADI
2026-10-27 18:00:00 / Yangiliklar

Zomin tumanida tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş va mahalliy işlab çiqarişni kengaytiriş borasidagi işlar izçil davom etmoqda. Xususan, «Qörğon» mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan «Yoşlar texnoparki»da «SWEET BARAKA HOUSE» MÇJ tomonidan qandolat mahsulotlari işlab çiqariş korxonasi işga tuşirildi.
Hamid Xöjabekov rahbarlik qilayotgan mazkur korxonaga 1 milliard söm investitsiya yönaltirilgan. Işlab çiqariş jarayoniga Germaniya va Italiyada işlab çiqarilgan zamonaviy texnologik uskunalar örnatilib, mahsulot tayyorlaşning yangi usullari joriy etilgan.
Korxonada ayni paytda 15 turdan ortiq qandolat mahsulotlari, jumladan, bolajonlar sevib iste’mol qiladigan turli şakl va hajmdagi peçenyelar işlab çiqarilmoqda. Işlab çiqariş quvvati yiliga 500 tonnani taşkil etadi.
Loyihaning yana bir muhim jihati — aholi bandligini ta’minlaşga qöşayotgan hissasidir. Hozirda korxonada 50 nafar xotin-qiz va yoşlar doimiy iş örniga ega böldi.
— Dastlabki bosqiçdayoq 50 nafar xotin-qiz va yoşlarni iş bilan ta’minladik. Kelgusida mahsulotlar turini köpaytiriş, işlab çiqariş hajmini oşiriş va şokolad aralaşmali qandolat mahsulotlarini işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirganmiz. Şuningdek, mahsulotlarimizni nafaqat içki bozorga, balki qöşni davlatlarga ham eksport qiliş niyatimiz bor, — deydi korxona rahbari Hamid Xöjabekov.
Yangi korxonaning işga tuşirilişi Zomin tumanida mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş, yoşlar va xotin-qizlar bandligini oşiriş, aholi daromadlarini köpaytiriş hamda hududning eksport salohiyatini kengaytirişga xizmat qiladi.
