BAXMALDA ZA’FARON GULBARGLARIDAN HAM QÖŞIMÇA MAHSULOTLAR IŞLAB ÇIQARILMOQDA
2026-10-24 13:45:00 / Yangiliklar

Ilgari asosan za’faronning eng qimmatli qismi — qizil stigmalar ajratib olinib, maxsus texnologiya asosida quritilar, qadoqlanar va içki hamda xalqaro bozorlarga yetkazib berilar edi. Endi esa gulbarglarni qayta işlaş orqali efir moyi va parfyumeriya hamda kosmetika sohalarida qöllaniladigan gidrolat işlab çiqariş ham yölga qöyildi.
Yangi yönaliş za’faron gulining ilgari asosiy mahsulot sifatida foydalanilmagan qismlaridan ham unumli foydalaniş imkonini bermoqda. Bu esa xomaşyo isrofini kamaytiriş, qayta işlaş jarayonini kengaytiriş va qöşimça qiymat yaratadigan mahsulotlar turini köpaytirişda muhim ahamiyatga ega.
Za’faron gulbarglaridan olinadigan efir moyi turli işlab çiqariş yönalişlarida qöllaş uçun istiqbolli xomaşyo hisoblanadi. Gidrolat esa parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarini tayyorlaşda foydalaniladi. Uşbu mahsulotlarni işlab çiqariş za’faron yetiştirişdan tortib, uni qayta işlaş va tayyor mahsulot sifatida bozorga çiqarişgaça bölgan jarayonlarni yanada takomillaştiriş imkonini beradi.
Eng muhimi, za’faronning nafaqat qimmatbaho stigmalaridan, balki gulbarglaridan ham foydalaniş orqali birlamçi xomaşyoning iqtisodiy samaradorligi oşadi. Bu mahalliy resurslardan kompleks foydalaniş, yangi mahsulot turlarini özlaştiriş va taşqi bozorlarda raqobatbardoşlikni kuçaytiriş uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.
BMB HOLDING tomonidan mazkur yönalişning rivojlantirilişi Baxmal tumanida za’faronçilikning nafaqat yetiştiriş, balki çuqur qayta işlaşga asoslangan tarmoq sifatida ham taraqqiy etişiga xizmat qiladi. Bu esa mahalliy xomaşyo negizida qöşimça qiymat yaratiş va yangi bozor segmentlarini özlaştiriş yölidagi muhim qadamdir.
