QADIMIY VA NAVQIRON JIZZAXGA BAĞIŞLANGAN KITOB TAQDIMOTI ÖTKAZILDI
2026-10-24 13:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda şahar hokimligi va sektorlar rahbarlari, Jizzax politexnika instituti professor-öqituvçilari hamda jamoasi, ta’lim muassasalari vakillari, yozuvçilar, olimlar, ijodkorlar, faol yoşlar, talabalar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Taqdimotdan közlangan asosiy maqsad Jizzax şahrining boy tarixi, qadimiy madaniyati, bugungi taraqqiyoti va kelajakdagi yuksak istiqbollarini keng jamoatçilikka atrofliça taniştirişdan iborat böldi.
Şuningdek, aholi va yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, ösib kelayotgan avlod qalbida Vatanga, yurt tarixiga hamda milliy qadriyatlarimizga bölgan hurmat va sadoqat tuyğusini yanada kuçaytiriş uşbu ma’naviy taşabbusning ustuvor yönalişlari sifatida e’tirof etildi.
Tadbirda sözga çiqqanlar kitobning ilmiy va ma’rifiy qimmati, Jizzaxning qadim tarixini örganişdagi örni xususida öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdilar.
Tadbir davomida “Jizzax — ötmişi qadim, kelajagi porloq şahar” kitobining mazmun-mohiyati keng jamoatçilikka atrofliça taqdim etildi. Mualliflar va ijodiy jamoa bilan ötkazilgan samimiy muloqot davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida kitobni yaratişda va ma’rifiy taşabbusni amalga oşirişda faollik körsatgan ijodkorlar hamda soha vakillariga esdalik sovğalari topşirildi.
