ZARBDORLIK FERMERLAR ARNASOY TAJRIBASINI O‘RGANMOQDA
2026-10-24 10:00:00 / Yangiliklar
Zarbdor tumani hokimi Bekzod Tashpulatov boshchiligidagi bir guruh xo‘jalik rahbarlari va fermerlar Arnasoy tumaniga tashrif buyurib, paxta yetishtirish borasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.

Mehmonlarga Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov hamrohlik qildi. Tashrif davomida tumanda paxtachilikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, qo‘shqator usulda ekish hamda yuqori hosildorlikka erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida fermerlar o‘zaro tajriba almashib, paxta yetishtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or yondashuvlarni muhokama qildilar.
