JIZZAXDA TABIIY MINERAL SUVNI QADOQLAŞ BÖYIÇA YANGI INVESTITSIYAVIY LOYIHA AMALGA OŞIRILADI
2026-10-23 18:00:00 / Yangiliklar

Xitoyning Gonkong hududida faoliyat yurituvçi «JDB Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda viloyatda tabiiy mineral suvni qadoqlaş va içimlik suvi işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş böyiça anglaşuv memorandumi imzolandi.
Xitoy delegatsiyasining Jizzax viloyatiga taşrifi doirasida viloyat hokimi Uluğbek Mustafоyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan, «JDB Group» kompaniyasi asosçisi Çan Xun To hamda kompaniyaning mas’ul vakillari bilan uçraşdi.
Muloqotda suv resurslaridan samarali foydalaniş, içimlik va salqin içimliklar işlab çiqariş, toğ-kon sanoati va geologiya, energetika, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş, farmatsevtika hamda çarm sanoatida investitsiyaviy hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uçraşuvning muhim natijasi sifatida Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafоyev va «JDB Group» kompaniyasi asosçisi Çan Xun To örtasida viloyatda tabiiy mineral suvni qadoqlaş va içimlik suvi işlab çiqariş böyiça anglaşuv memorandumi imzolandi.
Mazkur loyiha Jizzax viloyati uçun muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Uni amalga oşiriş mahalliy tabiiy resurslardan samarali foydalaniş, yangi işlab çiqariş yönalişini rivojlantiriş, qöşimça iş örinlarini yaratiş va viloyatning sanoat salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, mahalliy xomaşyo asosida raqobatbardoş mahsulot işlab çiqariş va uni içki bozorga yetkazib beriş imkoniyatlari kengayadi.
Taşrif davomida investorlar joylarga çiqib, suv resurslarini közdan keçirdi.
Istiqbolli loyihalarni tanlaş, mavjud imkoniyatlarni örganiş va ularni amalga oşiriş şartlarini baholaş böyiça hamkorlikdagi işlar davom ettiriladi.
Jizzax viloyatida investitsiyaviy muhitni yaxşilaş, xorijiy hamkorlar bilan manfaatli aloqalarni mustahkamlaş va mahalliy imkoniyatlarni yangi iqtisodiy loyihalarga aylantiriş hududning barqaror rivojlanişiga xizmat qiladi.





