Hokim o‘rinbosari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-10-20 15:00:00 / Yangiliklar
Xalq qabulxonasi binosida Jizzax viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Normurodova Gulnora Ikromovnaning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolarning sog‘liqni saqlash, nafaqa va moddiy yordam olish, uy-joy ta’miriga yordam hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.


