Jizzax va Sirdaryo viloyatlari jurnalist ayollari voleybol maydonida kuch sinashdi
2026-10-20 08:15:00 / Yangiliklar

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, mahorat va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi jamoasi uchinchi, "Yangi Sirdaryo” gazetasi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Birinchi o‘rin esa "Jizzax haqiqati — Джизакская правдa” gazetalari jamoasiga nasib etdi.
Taqdirlash marosimida Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, viloyat voleybol federatsiyasi rahbari G‘ayrat Qodirov ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mazkur musobaqa jurnalist ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda hududlar o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
