ARNASOYLIK TADBIRKOR AYOL "ISHBILARMON AYOL” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIDA G‘OLIB BO‘LDI
2026-10-12 08:00:00 / Yangiliklar
Arnasoy tumani Baxtli mahallasida yashovchi tadbirkor ayol Halima O‘rolboyeva "Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyati uchun Halima O‘rolboyeva 7 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
Mazkur natija tadbirkor ayolning izlanuvchanligi, tashabbuskorligi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilishi samarasidir.
Shuningdek, bu yutuq Arnasoy tumanida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyati va yangi tashabbuslarni amalga oshirishga bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etadi.
