🎥 Videoreportaj: Zarbdor tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
2026-10-10 09:15:00 / Yangiliklar
Zarbdor tumanida ijtimoiy reyestrda turuvchi xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalar daromadini oshirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Andijon va Yangikent mahallalarida tashkil etilgan tikuvchilik sexlari xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari va barqaror daromad manbaini yaratmoqda.
Andijon mahallasida tadbirkor Yulduz Qoshboqova bankdan olingan 100 million so‘m kredit hisobiga 20 ta ish o‘rniga ega tikuvchilik sexini tashkil etdi. Yangikent mahallasida esa tadbirkor Xurshida Toyloqova tashabbusi bilan 15 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Sexlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar mahalliy bozor bilan bir qatorda Tojikiston va Qirg‘izistonga ham eksport qilinmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada.
