Jizzax viloyati hokimining 2025-yil 8-yanvardagi “Jizzax viloyati hokimligi tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 8-3-0-Q/25-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kir
2026-09-28 08:00:00 / Yangiliklar

1. Jizzax viloyati hokimining 2025-yil 8-yanvardagi “Jizzax viloyati hokimligi tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 8-3-0-Q/25-son qaroriga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
a) Qarorning muqaddima qismidagi “PQ-5177-sonli qaroriga” so‘zlari “hamda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1155-sonli qonuniga muvofiq” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
b) Qaror bilan tasdiqlangan 1-ilova (Nizom)ning 2-bobiga qo‘shimcha 29- va 30-bandlar qo‘shilib, quyidagi tahrirda bayon etilsin:
29-band: “Tanlovda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 28-moddasida belgilangan, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reestriga kiritilgan (sudlanganlik muddati davomida) hamda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa shaxslardan tashqari barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin”.
30-band: “Hokimliklarning Tashkiliy-kadrlar guruhi (ishchi organ) tanlov bosqichlarida nomzodlarni tekshirish jarayonida ularning Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reestrida mavjud yoki mavjud emasligini majburiy tartibda tekshiradi. Reestrga kiritilgan nomzodlar aniqlangan taqdirda, ular tanlovning keyingi bosqichlariga qo‘yilmaydi va bu haqida ularning portaldagi shaxsiy kabinetiga asoslantirilgan xabarnoma yuboriladi”.
2. Viloyat hokimligi Axborot xizmati (A.Binokulov) ushbu qarorning rasmiy veb-saytda va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Azimov zimmasiga yuklatilsin.
