YANGIOBODDA YANGI STRITBOL VA WORKOUT SPORT MAYDONI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-10-02 09:00:00 / Yangiliklar

Tumandagi 4-sonli umumta’lim maktabi hududida tashkil etilgan yangi stritbol va workout sport maydoni foydalanishga topshirildi.
Sport inshootining yoshlar ixtiyoriga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari bo‘limi vakillari, nuroniylar, sport murabbiylari, o‘qituvchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlar sportini rivojlantirish, ular uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, yangi maydon yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun muhim imkoniyat ekanini ta’kidladilar.
Yangi sport maydonida stritbol hamda workout bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy chiniqishi va sport mahoratini oshirishi mumkin.
Tadbir davomida yoshlar uchun sport musobaqalari va namoyishlar tashkil etilib, faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yangi sport maydonining foydalanishga topshirilishi tumanda sport infratuzilmasini yanada kengaytirish bilan birga, yoshlarni sog‘lom va faol hayot tarziga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishga xizmat qiladi.
