JIZZAXLIK YoSh FLAG-FUTBOLCHILAR O‘ZBEKISTON KUBOGIDA SOVRINDOR BO‘LDI
2026-10-02 08:15:00 / Yangiliklar
Andijon viloyatida 13 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida flag-futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Nufuzli musobaqada mamlakatimizning 9 ta hududidan 10 ta jamoa ishtirok etib, yosh sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Jizzax viloyatining o‘g‘il bolalar jamoasi flag-futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.
Qizlar jamoasi esa munosib o‘yin namoyish etib, 3-o‘rinni egalladi.
Bu natija Jizzaxda yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning mahoratini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar samarasining yana bir ifodasidir.
