🎥 Videoreportaj: G‘allaorolning Jiydali qishlog‘i — tarix va bugun uyg‘unligi
2026-09-30 10:00:00 / Yangiliklar
G‘allaorol tumanidagi "Jiydali” mahallasi uzoq tarixga ega hududlardan biri bo‘lib, bugungi kunda 8 ming nafar aholi va 1,5 mingga yaqin xonadon istiqomat qiladi.

Qishloqning asosiy yo‘nalishlari chorvachilik va dehqonchilik bo‘lib, hududda 4 ta maktab, oilaviy poliklinika va 50 ga yaqin fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda.
Reportaj davomida mahalla raisi va nuroniylar bilan suhbatlashilib, Jiydali qishlog‘ining tarixi, urf-odatlari va bugungi hayoti haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, 2012-yildagi sel oqibatida aholiga ko‘rsatilgan davlat yordami, qurilgan yangi uy-joylar hamda qishloqda yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
📹 Batafsil — videolavhada.
