G‘ALLAOROLDA EKOTURIZM INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILMOQDA
2026-09-30 08:50:00 / Yangiliklar
G‘allaorol tumanida ekoturizm salohiyatini oshirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amaliy ishlar davom etmoqda.

Xususan, Qo‘ytosh shaharchasidagi turizm maskaniga olib boruvchi ichki yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Mazkur ishlar sayyohlar uchun qulay va xavfsiz transport sharoitlarini yaratish, turizm obyektlariga kirish imkoniyatini yaxshilash hamda Qo‘ytoshning sayyohlik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
