JIZZAX VAKILLARI "O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN” ANJUMANIDA ISHTIROK ETADI
2026-09-30 09:30:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan 157 ta milliy madaniy markaz rahbarlari ishtirok etib, millatlararo do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, umummilliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda diniy bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Jizzax shahri temiryo‘l vokzalida viloyatimizdagi milliy madaniy markazlar vakillarini "Do‘stlik poyezdi”ga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Samimiy muloqotlar va iliq kayfiyat hukm surgan tadbirda turli millat vakillarini birlashtirib turgan Vatanga muhabbat, tinchlik va totuvlik g‘oyalari namoyon bo‘ldi.
Anjuman doirasida ishtirokchilar Nukus shahrida milliy qadriyat va an’analar uyg‘unligini aks ettiruvchi ko‘rgazma bilan tanishib, millatlararo totuvlik va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalar haqida fikr almashadilar.
Shuningdek, "Do‘stlik karvoni” madaniy kechasi o‘tkaziladi. Jizzaxlik vakillar "Do‘stlik poyezdi” bilan Qoraqalpog‘iston tomon yo‘l oldilar.
