Zarafobodda avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
2026-09-14 09:00:00 / Yangiliklar
Zarafobod tumanida avtomobil yo‘llarining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ayni kunlarda D-049 avtomobil yo‘lining Jizzax shahri va Chimqo‘rg‘on oralig‘idagi 14–18-kilometrlarida to‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash jarayonida yo‘l qoplamasining yaroqsiz qismlari tiklanib, avtotransport vositalarining qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Mazkur ishlar yakunlangach, yo‘lning texnik holati va harakat xavfsizligi yanada yaxshilanib, hududlar o‘rtasidagi transport qatnovi hamda aholi uchun qulayliklar oshishiga xizmat qiladi.
