🎥 Videoreportaj: Jizzaxda bolalar salomatligi uchun zamonaviy sharoitlar yaratildi
2026-09-14 08:30:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qariyb 90 milliard so‘m mablag‘ evaziga tubdan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Markazda bolalarga yuqori malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Bugun muassasa viloyatdagi 563 mingdan ortiq 0–18 yoshli bolalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Yangilangan markaz bolalar salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada.
