Sharof Rashidov tumanida yangi vorkaut maydonchasi foydalanishga topshirildi
2026-09-11 10:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumanining «Mo‘lkanlik” mahallasi hududida yangi vorkaut sport maydonchasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda tuman sport maktabi vakillari ishtirok etdi.
Mazkur sport maydonchasi «Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida «Gimnastrada” sport turi bo‘yicha respublika bosqichida munosib ishtirok etgan sportchi qizlarning yutug‘i evaziga barpo etildi.
Yangi maydoncha mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
