Mahallada xotin-qizlar manfaati — e’tibor markazida
2026-09-11 08:15:00 / Yangiliklar

Bu muhitda xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va yechim topish katta mas’uliyat va fidoyilikni talab etadi.
Bugun mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonda mahalladagi xotin-qizlar faollarining o‘rni alohida. Ular nafaqat ayollarning dardu tashvishlarini eshitadi, balki mavjud muammolarga amaliy yechim topish, bandligini ta’minlash va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashadi.
Jizzax shahrining "Zilol” mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli Madina Hamidova ham o‘z ishini ana shu ezgu maqsadlarga yo‘naltirgan fidoyi ayollardan biridir.
Uning kundalik faoliyati turli toifadagi xotin-qizlar bilan muloqot qilish, oilaviy sharoitini o‘rganish, ehtiyojmand xonadonlardan xabar olish, bandlik masalalarini hal etish, ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, murojaatlarni o‘rganish hamda zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatish kabi vazifalarni qamrab oladi.
Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri, bir oilaning buguni va kelajagi mujassam.
Shu bois xotin-qizlar bilan ishlashda e’tibor, samimiy muloqot va amaliy ko‘mak muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayol baxtli bo‘lgan xonadonda — mehr va fayz, ayol qadrlangan jamiyatda esa taraqqiyot va farovonlik bo‘ladi.
