Jizzaxlik sportchi — jahon chempioni
2026-08-21 10:20:00 / Yangiliklar
Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari davom etyapti. Unda dunyoning 59 davlatidan 457 nafar yosh dzyudochi ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi, musobaqada Aurelio Chiprian-Flis bosh murabbiyligidagi o‘smirlarimiz ilk kundanoq 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi (1 ta oltin, 3 ta bronza).
Terma jamoamizga ilk oltin medalni jizzaxlik sportchi, Do‘stlik tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Iroda Sirojiddinova taqdim etdi.
Turnirdagi ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichdan boshlagan yosh dzyudochimiz dastlab ozarbayjonlik Sunay Salamova, yarim finalda rossiyalik Emiliya Sayfutdinova hamda final bahsida qozog‘istonlik Adiya Janaxmetni mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Iroda bir oy oldin Iordaniya davlatida o‘tgan Osiyo chempionatida ham oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
