Zafarobodda xotin-qizlar tadbirkorligi rivojlanmoqda
2026-08-14 08:30:00 / Yangiliklar

Ayniqsa, tikuvchilik yo‘nalishida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar safi yildan-yilga kengayib bormoqda.
Bugungi kunda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar tomonidan tikuvchilik sexlari tashkil etilib, o‘nlab xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanmoqda. Bu tashabbuslar yangi ish o‘rinlari yaratish bilan birga, xotin-qizlarning kasb-hunar egallashi va mustaqil daromad topishiga ham keng imkoniyat yaratmoqda.
Tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorda xaridorgir bo‘lib, bu ularning faoliyatini yanada kengaytirishga zamin yaratmoqda. Eng muhimi, ish bilan ta’minlangan ayollar o‘z oilalari farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Zafarobod tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.
