🎥 Videoreportaj: Jizzaxda mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan drift-shou
2026-08-12 11:00:00 / Yangiliklar
Jizzax shahrida Mustaqillik bayrami munosabati bilan professional haydovchilar ishtirokida drift-shou, avtomobil tuningi va avtotovush ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Tomoshalarda yuqori tezlik, keskin burilishlar va murakkab harakatlar namoyish qilinib, tadbirga minglab avtomobil ishqibozlari va yoshlar tashrif buyurdi.
Tadbirda yoshlarga avtomobil boshqarish madaniyati, texnik tayyorgarlik va xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tushunchalar berildi. Asosiy maqsad — yoshlarni noqonuniy ko‘cha poygalaridan qaytarib, ularni xavfsiz va professional avtosportga jalb etish.
📹 Batafsil — videolavhada.
