BMB SHIFO ASALIGA HAM AQShNING FDA RUXSATNOMASI BERILDI
2026-08-12 10:30:00 / Yangiliklar

Bu jarayon nafaqat eksport hajmini oshirish, balki mahalliy mahsulotlarning sifati, raqobatbardoshligi va xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlashni ham talab etadi.
Shu maqsadda BMB HOLDING tizimida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda yangi tashqi bozorlarga olib chiqishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda BMB Za’faron brendi ostida ishlab chiqarilayotgan asal va asal mahsulotlarini Amerika Qo‘shma Shtatlari bozoriga eksport qilish uchun AQSh Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati ustidan nazorat boshqarmasi (FDA) tomonidan tegishli ruxsat olindi.
Bu esa O‘zbekistonda yetishtirilayotgan tabiiy asal va undan tayyorlanayotgan mahsulotlarni dunyodagi eng yirik va talabchan bozorlardan biriga olib chiqish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, FDA ruxsatining olinishi BMB SHIFO mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqish jarayonida belgilangan talab va tartiblarga muvofiq harakat qilinayotganini namoyon etadi.
Ayni paytda milliy mahsulotlarimizga bo‘lgan xalqaro talab tobora ortib borayotgan bir vaqtda, ushbu yo‘nalishda eksport salohiyatini kengaytirish O‘zbekistonning tabiiy va sifatli mahsulotlarini yangi iste’molchilarga yetkazish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
BMB SHIFO tomonidan FDA ruxsatining olinishi “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etish hamda BMB HOLDINGning eksport yo‘nalishini yanada kengaytirish borasidagi izchil ishlarning navbatdagi natijasi bo‘ldi.
