🎥 Videoreportaj: Jizzaxda turizm loyihalari kengaytirilmoqda
2026-08-12 09:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, Zafarobod, Sharof Rashidov, G‘allaorol va Arnasoy tumanlarida turizm salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

5 ta tumanda turizm majmualari uchun master-rejalar ishlab chiqilib, Baxmalda 40 gektarga yaqin, Zafarobodda 115 gektar, Arnasoyda esa qo‘shimcha 200 gektar yer maydoni tadbirkorlarga taklif etilmoqda.
Arnasoydagi «Aydarkol Resort» majmuasi 2025-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 1 ming nafargacha sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega.
Bu yerda sanatoriy, xostel, kapsula uylar, sport va bolalar maydonchalari, karting treki kabi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.
📹 Batafsil — videolavhada.
