G‘allaorol tumanidagi Lalmikor mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda
2026-08-12 08:30:00 / Yangiliklar
G‘allaorol tumanidagi Lalmikor mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Ayni kunlarda hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish maqsadida beton tayanch ustunlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hudud qiyofasini yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, shuningdek, aholi uchun munosib yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Bunday bunyodkorlik tashabbuslari “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasining mahallalardagi amaliy ifodasi sifatida hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan.
