PAXTAKORDA 2027-YIL HOSILI UCHUN URUG‘LIK BUG‘DOY TAYYORLASH JARAYONI NAZORATDA
2026-08-12 08:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati Inspeksiyasining Paxtakor tuman bo‘limi tomonidan 2027-yil hosili uchun tayyorlanayotgan urug‘lik boshoqli bug‘doy donlarining belgilangan standart talablariga muvofiqligi doimiy nazoratga olingan.

Ayni paytda mavjud urug‘lik donni qayta ishlash, tozalash, saralash va qadoqlash sexlarida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, tayyorlanayotgan urug‘lik bug‘doyning sifati va belgilangan talablarga mosligi o‘rganilmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-son qarori talablaridan kelib chiqib, urug‘lik donlarni vernalizatsiya qilish maqsadida sovutgichli omborlarga joylashtirish jarayonlari ham nazorat qilinmoqda.
Sifatli va saralangan urug‘lik — kelgusi yil hosildorligini ta’minlashning muhim omillaridan biri. Shu bois urug‘lik donni tayyorlash, saqlash va ekishga hozirlash jarayonlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
