🎥 Videoreportaj: Xitoy kompaniyasi Jizzaxga 15–20 mln dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda
2026-08-04 09:30:00 / Yangiliklar
Xitoyning Beijing Longmu Holding Group kompaniyasi delegatsiyasi Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, viloyatning investitsiyaviy imkoniyatlari hamda agrosanoat sohasidagi loyihalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Sharof Rashidov tumanidagi «Milk Foods» majmuasi va Zomin tumanidagi «Jizzax Organic» milliy qishloq xo‘jaligi klasteri faoliyatini o‘rgandi.
Muzokaralar yakunida «Jizzax Organic» klasterini kengaytirish maqsadida dastlabki bosqichda 1 000 bosh naslli qoramol olib kelish hamda 15–20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Zarbdor tumanida Markaziy Osiyo davlatlariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy Logistic HUB tashkil etish tashabbusi ham muhokama qilindi.
Bu hamkorlik Jizzax viloyatida chorvachilik, agrosanoat va eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada.
