🎥 Videoreportaj: Sharof Rashidov tumanida ta’lim tizimi raqamlashtirilmoqda
2026-08-04 08:35:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumanida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

“EduTrack” elektron platformasi orqali dars taqsimoti, kadrlar hujjatlari, dars jadvallari va boshqaruv jarayonlari raqamli tizimga o‘tkazilib, shaffoflik hamda samaradorlik ta’minlanmoqda.
Yangi platforma inson omilini kamaytirish, o‘qituvchilar mehnatini adolatli baholash hamda ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirishga xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada.
