Jizzaxda innovatsiyalar va kelajak iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-07-31 09:10:00 / Yangiliklar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari hamda xalqaro ekspert Samer Chediakning viloyatga tashrifi doirasida Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev bilan muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda viloyat iqtisodiyotini innovatsiyalar, sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar asosida rivojlantirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan va tadbirkorlik sohalaridagi mavjud salohiyatdan yanada samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, raqamli yechimlarni korxonalar faoliyatiga keng tatbiq etish, innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat, ilm-fan va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot davomida global texnologik o‘zgarishlar sharoitida hududning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda yangi bilimlar, innovatsion yondashuvlar hamda zamonaviy biznes modellarini amaliyotga keng tatbiq etish ustuvor ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Jizzax viloyatining iqtisodiy va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish hamda kelajak iqtisodiyotini shakllantirish yo‘lida o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.






